Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
Bugun, 1-noyabr kuni mazkur sinovlarda umumtaʼlim maktablarining tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun), chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari oʻqituvchilari ishtirok etadilar.
Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:
