Savol: Bahorgi attestatsiyada 88 bal bilan 1 toifani va 70%lik ustamani qoʻlga kiritdim. Endi kelayotgan attestatsiyada oliy toifa olsam-u lekin, 86 balldan past olsam 70 foizlik ustama toʻlanmaydimi?
Javob: Toʻlanadi.
Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarorining 48-bandiga ko’ra, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro eʼtirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazilgandan soʻng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha 70 foiz ustama belgilanadi.
Bunda qoʻshimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi. Belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan berilgan maksimal ball eʼtiborga olinmaydi.
Ushbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish orqali ustamaga ega boʻlishlari mumkin.
Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.
Ustamaning amal qilish muddati ikki yil boʻlib, muddat yakunlangandan soʻng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkin boʻladi.
