Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya o‘z vaqtida to‘lanmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, barcha oliy ta’lim muassasalarida yuqori bosqich talabalariga stipendiyalar to‘lab berilgan. Ayrim oliygohlarda esa 1-bosqich talabalariga stipendiya tayinlash bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirish va bank plastik kartalarini ochish jarayonida kechikish kuzatilgani sababli to‘lovlar vaqtincha amalga oshirilmagan.
Hozirda mazkur buyruqlar to‘liq rasmiylashtirilmoqda va joriy hafta yakuniga qadar barcha talabalarga stipendiya to‘lovlari amalga oshirilishi belgilangan.
