Endi kimyo va biologiyadan A-Level sertifikatiga ega oʻqituvchilarga ham ustama toʻlanadi

Endi kimyo va biologiyadan A-Level sertifikatiga ega oʻqituvchilarga ham ustama toʻlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 3515-1-sonli “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorga koʻra umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati yangilandi.

 

 

 

T/r Xalqaro va milliy sertifikatlar
Sertifikat nomi Ustama olish uchun sertifikatlarning eng kam darajasi

(ball)

Sertifikatning turi

(xalqaro/milliy)

ANIQ FANLAR
Matematika
1. The Graduate Record Examination Subject test

(GRE1)

(Quantitative Reasoning)

700 Xalqaro
2. The Graduate Record Examination General test

(GRE1)

(Quantitative Reasoning)

160
3. Graduate Management Admission Test

(GMAT/GMAT Focus)2

(Quantitative Reasoning)

37*/80
4. Digital Scholastic Assessment Test

(Digital SAT)3

700
5. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat 80*/B+ Milliy
6. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat (boshlangʻich taʼlim uchun)4 60*/C
Informatika
7. Microsoft Certified Educator (MCE) umumiy balning 80%*/860 Xalqaro
8. Astrum Certified IT Educator umumiy balning 80%*/103 Milliy
8.1 IC3 Digital Literacy Certification 700 Xalqaro
Geografiya
9. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat 80*/B+ Milliy
TABIIY FANLAR
Fizika
10. The Graduate Record Examination Subject test (GRE) 700 Xalqaro
11. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat 80*/B+ Milliy
Biologiya
12. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat 80*/B+ Milliy
12.1 A-Level B Xalqaro
Kimyo
13. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat 80*/B+ Milliy
13.1 A-Level B Xalqaro
IJTIMOIY FANLAR
Tarix
14. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat 80*/B+ Milliy
FILOLOGIYA FANLARI
Ona tili va adabiyot
15. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat (oʻzbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot)5 80*/B+ Milliy
16. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat (oʻzbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot (boshlangʻich taʼlim uchun)6) 60*/C Milliy
Rus tili
17. Test po russkomu yaziku kak inostrannomu

(TRKI)7

C1 Xalqaro

 

 

Endi Kimyo va Biologiya fanlaridan A-Level imtihonida B darajaga, informatika fanidan xalqaro IC3 Digital Literacy Certificationdan 700 ballik natijaga ega bo‘lgan kadrlarga ham ustama to‘lanadi.

 

 

IC3 Digital Literacy Certificationda har bir modul bo‘yicha (jami 3 ta modul) ko‘rsatkich 700 ball yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.