Yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to‘lamaslik asos bo‘la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to‘lamagan bo‘lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.
Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo‘yib qo‘yish, va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.
OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda 4 qismga bo‘lib to’lash yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Kontrakt to‘lash muddatlari:
25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 30-oktyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;
75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;
100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.
Nodavlat oliygohlarda kontrakt to‘lash muddatlari talaba va OTM o‘rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.
