Tojikistonda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni butunlay taqiqlash taklif qilindi

Tojikistonda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni butunlay taqiqlash taklif qilindi

“Narodnaya gazeta” nashrining yozishicha, Tojikiston parlamenti deputati Dilnoza Ahmadzoda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlashni, o‘smirlar foydalanishini esa qat’iy nazorat ostiga olishni taklif qilgan.

 

 

Deputatning ta’kidlashicha, bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini nazorat ostiga olish uchun qonunga boshqa o‘zgartirishlar ham kiritish zarur.

 

 

Taklifga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish mutlaqo taqiqlanishi kerak, 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar esa faqat ota-onaning yozma roziligi bilan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

 

 

Shuningdek, boshqa mutaxassislar fikricha, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlash muammoni hal qilmaydi. To‘liq taqiq qo‘yishdan ko‘ra, foydalanishni tartibga solish va nazorat qilish samaraliroq bo‘ladi.