Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot oʻtash tartibi belgilandi

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot oʻtash tartibi belgilandi

Hukumatning 2025-yil 30-sentyabrdagi 615-son qarori bilan “Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot oʻtashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

 

 

Nizomga koʻra, taʼlim tashkiloti har yili 1-oktyabrgacha “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKga (Dastur) kiritilgan korxona bilan bitiruvchilar amaliyotini oʻtashi boʻyicha shartnoma tuzish uchun platforma orqali ushbu korxonaga soʻrov yuboradi.

 

 

Amaliyotni tashkil etish boʻyicha taʼlim tashkiloti va korxona oʻrtasida shartnoma amaliyot boshlanishidan kamida 3 hafta oldin platforma orqali rasmiylashtiriladi.

 

 

Taʼlim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritadi.

 

 

Korxona Dasturga har oyning 25-sanasigacha oʻzlari uchun zarur kadrlar, shu jumladan, vakant lavozimlar haqidagi maʼlumotlarni kiritib boradi.

 

 

Ishga qabul qilingan va mehnat shartnomalari Dasturda roʻyxatdan oʻtkazilgan bitiruvchilar platformada avtomatik tarzda “bandligi taʼminlangan” sifatida qayd etiladi.