Pedagoglar sudga murojaat qilganda davlat bojidan ozod etiladi

Pedagoglar sudga murojaat qilganda davlat bojidan ozod etiladi

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-son Qonuniga asosan, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga pedagog xodimlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim qo‘shimchalar kiritilgan. Unga ko‘ra:

 

Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

 

Shuningdek, kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan  davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma’muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

 

Ushbu qo‘shimchalarning joriy etilishi pedagoglarning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash, ularning kasbiy faoliyatida adolatli himoya imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim sohasi xodimlarining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishda qo‘shimcha kafolat yaratishga xizmat qiladi.