Milliy statistika qo‘mitasining yanvar–iyun oylari uchun bergan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 million 91,1 ming so‘mni tashkil etdi. Ta’lim sohasida esa o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 977,1 ming so‘mga yetgan. Ta’lim turlari kesimida eng yuqori ko‘rsatkich oliy ta’limda qayd etilgan bo‘lsa, eng past o‘rtacha ish haqi maktabgacha ta’lim sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasining 2026-yil 25-iyulda e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yil yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 million 091,1 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 % ga o‘sgan.
Hududlar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Toshkent shahrida 12 million 013,9 ming so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 % ga o‘sgan. Boshqa hududlar bo‘yicha raqamlar quyida keltirilgan:
O‘rtacha oylik nominal ish haqi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori o‘sish sur’atlari tashish va saqlash sohasida qayd etilgan.
Shuningdek, ta’lim sohasida ham sezilarli o‘sish qayd etilib, ish haqi miqdori 4 million 977,1 ming so‘mni tashkil etgan(o‘sish – 20,3 %). Sohada o‘rtacha oylik ish haqi ushbu miqdorni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 12 million 047,1 ming so‘mni, texnik va professional ta’lim sohasida 5 million 372,2 ming so‘mni, umumiy o‘rta ta’lim sohasida 4 million 669,4 ming so‘mni, maktabgacha ta’lim sohasida esa 2 million 720,9 ming so‘mni tashkil etgan.
Aprel oyida Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil 1-choragi uchun o‘rtacha oylik ish haqi ma’lumotlarini e’lon qilgan edi. O‘shanda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 million 825,9 ming so‘mni, ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 615,9 ming so‘mni tashkil etgan edi.
Hozirgi ma’lumotlarni yilning 1-chorak statistikasi bilan taqqoslaganda, o‘sish surati quyidagicha bo‘lgan:
| Ta’lim turi | 2026-yil I chorak (ming so’m) | 2026-yil I yarim yillik (ming so’m) | O’sish (ming so’m) | O’sish (%) |
|---|---|---|---|---|
| Ta’lim sohasi (jami) | 4 615,9 | 4 977,1 | +361,2 | 7,82 % |
| Oliy ta’lim | 10 843,9 | 12 047,1 | +1 203,2 | 11,09 % |
| Texnik va professional ta’lim | 4 931,9 | 5 372,2 | +440,3 | 8,93 % |
| Umumiy o’rta ta’lim | 4 474,8 | 4 669,4 | +194,6 | 4,35 % |
| Maktabgacha ta’lim | 2 485,2 | 2 720,9 | +235,7 | 9,48 % |
O’sish darajasi bo’yicha reyting
- Oliy ta’lim — 11,09 %
- Maktabgacha ta’lim — 9,48 %
- Texnik va professional ta’lim — 8,93 %
- Ta’lim sohasi (umumiy) — 7,82 %
- Umumiy o’rta ta’lim — 4,35 %




