2025-yil 1-oktyabrdan sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha toʻlanadi?

2025-yil 1-oktyabrdan sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha toʻlanadi?

Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun toʻlovlar oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga (1 155 000 soʻm) nisbatan foiz hisobida toʻlanadi.

 

 

Sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:

 

 

– 15 nafar oʻquvchigacha – 26,4 foiz (304 490 soʻm);

 

– 16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha – 31,6 foiz (364 980 soʻm);

 

– 21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha – 36,9 foiz (426 195 soʻm);

 

– 26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha – 42,1 foiz (486 255 soʻm);

 

– 31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda – 52,8 foiz (609 840 soʻm).

 

 

Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda – 8,8 foiz (104 640 soʻm), 15 nafar va undan ortiq boʻlganda – 17,6 foiz (203 280 soʻm).

 

 

Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (203 280 soʻm).

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish