Saudiya O‘zbekiston talabalari uchun ta’lim grantlari taqdim etishi mumkin

Saudiya O‘zbekiston talabalari uchun ta’lim grantlari taqdim etishi mumkin

Burayda shahrida O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov Saudiya Arabistonining Qosim mintaqasi hokimi shahzoda Faysal bin Mish’al Ol Saud bilan uchrashdi.

 

Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va kelajakdagi loyihalar muhokama qilindi.

 

 

Shahzoda Faysal O‘zbekistonni ishonchli hamkor deb atadi va Saudiya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz kirish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi. U sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Noif aeroportidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar tashkil etishni taklif qildi.

 

 

Ta’lim sohasidagi imkoniyatlar alohida muhokama qilindi. Uchrashuvda universitetlar o‘rtasida memorandumlar imzolash va o‘zbekistonlik talabalar uchun grantlar ajratish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu ikki mamlakat yosh avlodini yaqinlashtirish va bilim almashishni kengaytirishga xizmat qiladi.

 

 

Shuningdek, mintaqa rahbariyatiga Toshkentdagi Islom sivilizatsiya markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi ochilishida ishtirok etish taklifi bildirildi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish