Avvalroq, 2025-yil sentyabr oyida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladigan sana va manzillar haqida xabar bergan edik.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sentyabr oyida o’tkaziladigan test sinovlari hajmidan kelib chiqqan holda, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo’yicha test sinovlarini o’tkazish grafigiga o’zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 2025-yil 19-sentyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari boshqa sanaga ko’chirildi.
Agentlikning xabariga ko’ra, test sinovlari o‘tkaziladigan sana, hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari haqidagi ma’lumotlar qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.
