Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Begoyim Varisova ham ishtirok etdi.
U o‘z fikr va takliflarini bildirar ekan, pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun “Abdulla Avloniy” stipendiyasi joriy etilgani uchun davlat rahbariga minnatdorlik izhor qildi.
U shuningdek, Namanganda har yili “Kitobxonlar forumi”ni tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur forum yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Begoyim Varisovaning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, unga muddatidan avval stipendiya berilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisidaʼʼ gi (10.09.2025 PF-162-son) farmon qabul qilingani to‘g‘risida xabar bergan edik.
