Abdulla Avloniy stipendiyasi qanday talablar asosida beriladi? Bir oliygohdan qancha talaba stipendiant boʻladi?

Abdulla Avloniy stipendiyasi qanday talablar asosida beriladi? Bir oliygohdan qancha talaba stipendiant boʻladi?

Prezidentning ʼʼPedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisidaʼʼ (10.09.2025 PF-162-son) Farmoni qabul qilindi.

 

Unga koʻra 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi taʼsis etildi.

 

Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi pedagogika yoʻnalishidagi har bir oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan, barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” (koʻpi bilan 25 foizi “yaxshi”) boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bir nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.

 

Maʼlumot uchun, davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga tegishli koʻkrak nishonlari va guvohnomalar beriladi. Ular oliy oʻquv yurtini tamomlaganlaridan keyin yosh mutaxassislar qatori malaka oshirish va oʻqishni davom ettirish uchun chet ellarga yuborish chogʻida ustunlikka ega boʻladilar.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish