Loyihaviy fikrlash — bu natijaga erishish uchun bosqichma-bosqich reja tuzish, g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish kabi uslub.
Bunda muammo yoki mavzu tanlanadi. Masalan: “Mahalliy ekologik muammo” yoki “Ota-onalar uchun o‘zimiz tayyorlagan ko‘rgazma”.
Guruh ishchi jamoalari shakllantiriladi — reja tuziladi, bo‘linadi, har kimning roli aniqlanadi.
Manbalardan foydalaniladi — o‘quvchilar mustaqil izlanish olib boradi, Internet, intervyular, joylarda kuzatish orqali material to‘playdi.
Yakuniy mahsulot tayyorlash — poster, model, video, prezentatsiya yoki kichik ko‘rgazma shaklida namoyish qilinadi.
Ushbu metodning foydali jihatlari quyidagicha:
– o‘quvchilar mavzuni amalda qo‘llaganda, tushunchalar yodda uzoq vaqt qoladi.
– murakkab vaziyatlar tahlil qilinadi, yechim topish ruhi rivojlanadi.
– guruh ichida muloqot, fikr almashish, konstruktiv bahs — bular hammasi sinfxonada rivojlanadi.
– o‘quvchilar o‘z darslarini kundalik hayotdagi masalalarga bog‘lashi, aynan shu narsani da’vat qiladi.
– o‘quvchilarda original fikrlash, ijodiy yondashuv qobiliyati shakllanadi.
Mazkur jarayonlarda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, resurslarni samarali nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Bu orqali vizual, kinestetik, auditorli o‘qish uslublari qamrab olinadi.
