Ozarbayjonda rus tilida oʻqitiladigan darslar qisqartiriladi

Ozarbayjonda rus tilida oʻqitiladigan darslar qisqartiriladi

Fan va taʼlim vaziri Emin Amrullayevning maʼlum qilishicha, Ozarbayjonda “rus tilidagi maktablar” tushunchasi mavjud emas, Ozarbayjon maktablari bor, ular rus tilida dars beradi va tabiiy.

 

«Asosiy muammo – rus sektori uchun oʻqituvchilar yetishmasligi. Shu bois, rus tilida oʻqitiladigan darslar soni kamayishi mumkin. Biroq rus tilida oʻqitishni butunlay bekor qilish masalasi kun tartibida emas”, – degan vazir.