Chet tili o‘qituvchisi bir vaqtning o‘zida milliy va xalqaro sertifikat uchun ustama olishi mumkinmi?

Chet tili o‘qituvchisi bir vaqtning o‘zida milliy va xalqaro sertifikat uchun ustama olishi mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli farmoniga asosan, ta’lim sohasida ingliz tili o‘qituvchilari uchun milliy va xalqaro sertifikatlar asosida ustama tizimi joriy etilgan.

 

Farmonning 9-bandiga ko‘ra, agar o‘qituvchi xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, unga 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi. Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimi imtihonlaridan olingan  yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan sertifikatlarga ega bo‘lsa, 2025-yildan boshlab 20 foiz miqdorida ustama berilishi belgilangan. Bu ustama, o‘qituvchilarning malakasini doimiy ravishda oshirishga, ularni yuqori sifatli ta’lim berishga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, agar o‘qituvchida ikkita sertifikat (masalan, xalqaro va milliy) bo‘lsa, ustama faqat bitta sertifikatga asoslangan holda to‘lanadi. Ya’ni, agar pedagog ingliz, nemis, fransuz yoki boshqa xorijiy til o‘qituvchisi bo‘lib, ikkita sertifikatga ega bo‘lsa, har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.

 

Ustama sertifikat berilgan sanadan boshlab,  3 yildan uzoq bo‘lmagan muddat davomida beriladi. 3 yil o‘tgach, ustama to‘lanishi davom etmaydi, shuningdek, o‘qituvchilar yangi sertifikat olishlari yoki malakalarini yangilashlari kerak bo‘ladi.