Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-maktab direktori o‘quvchilar oldida o‘qituvchini haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi.
Videoda maktab direktori dars vaqti xonaga kirib kelgani va o’qituvchini turli nomaqbul so’zlar bilan haqorat qilganini ko’rish mumkin. Shuningdek, videoda o’qituvchining «baqirmang» degan so’zlariga qaramasdan, direktor baqirib, o’qituvchiga urushgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahri Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, holat boshqarma tomonidan o’rganilgan va direktorga nisbatan qonun doirasida chora ko’rilib, lavozimidan ozod etilgan.
