Kanadada talabalik vizalari rad etilishi rekord darajaga yetdi

Kanadada talabalik vizalari rad etilishi rekord darajaga yetdi

2025-yilda Kanada talabalik vizasi uchun arizalarning 62 foizi rad etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa so‘nggi o‘n yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Immigratsiya, Qochqinlar va Fuqarolik masalalari bo‘yicha Kanada vazirligi (IRCC) ning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yildagi 52 foizdan oshgan va ilgari o‘rtacha 40 foizdan yuqori bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Kanadada talabalik vizalari rad etilishi rekord darajaga yetdi
Ta’lim vizalari bo‘yicha tasdiqlash va rad etish darajalari 2015–2025 yillar (Data: IRCC)

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Eng ko‘p hindistonlik talabalar arizalarining taxminan 80 foizi rad etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Boshqa davlatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ochiqlanmagan, deb xabar beradi Pie News.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Immigratsiya mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Otava uyni yetishmovchiligi va infratuzilmalar sababli arizalarni ko‘rib chiqishni yanada qat’iylashtirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Kanada talabalik vizalarini qo‘llab-quvvatlash platformasi BorderPass vakili Jonatan Shermanning aytishicha, IRCC o‘qish vizasi arizalarini batafsil tekshirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Talabalardan talab qilinadigan minimal moliyaviy kafolat miqdori CA$20,635 ga (taxminan AQSh dollari bo‘yicha 14,963) ko‘tarilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, arizachilar aniq o‘qish rejalarini taqdim etishi va to‘liq hujjatlar topshirishi talab etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Kanada 2025-yilda jami 437,000 ta o‘qish vizasini berishni rejalashtirmoqda, bu 2024-yilga nisbatan 10% kamroqdir.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shulardan 73,000 tasi magistratura talabalariga, taxminan 243,000 tasi bakalavriat va boshqa dasturlarga, va 120,000 tasi maktab yoshidagi bolalar va vizalarni yangilash uchun ajratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bitirgandan keyingi ish vizalariga qo‘yilgan talablar ham qat’iylashdi: universitet bitiruvchilari ingliz yoki fransuz tilidan B2 darajasidan kam bo‘lmagan sertifikat taqdim etishi, kollej bitiruvchilari esa kamida B1 darajasiga ega bo‘lishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Tasdiqlanmagan dasturlarga o‘tgan talabalar endi bitirgandan keyingi ish vizasiga ega bo‘la olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Hukumat shuningdek, moliyaviy kafolatsiz tezkor viza olish imkonini bergan 14 mamlakat uchun Student Direct Stream dasturini yopgan.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda Kanada bir milliondan ortiq xalqaro talabani qabul qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shulardan 41 foizi hindistonliklar, 12 foizi xitoyliklar, va 17,000 dan ortig‘i vetnamlik talabalar bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠