Toshkent viloyatida haydovchilik guvohnomasiz yigit maktab o‘quvchisini urib yubordi

Toshkent viloyatida haydovchilik guvohnomasiz yigit maktab o‘quvchisini urib yubordi

Bugun, 2-sentabr kuni Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qilgan.

 

Soat 09:30 larda “Sergeli” mahallasidagi ichki yo‘lda 2007-yilda tug‘ilgan yigit (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) akasiga tegishli Malibu avtomobilini boshqarib, joyidan harakatlana boshlagan paytda 2008-yilda tug‘ilgan 11-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.

 

Ma’lum qilinishicha, piyoda tan jarohati olmagan. Hodisa yuzasidan mashina jarima maydoniga joylashtirildi va Quyi Chirchiq tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Surxondaryo viloyati Denov shahrida Nexia va Lacetti avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida Lacetti haydovchisi vafot etgan edi. Hodisaga sabab bo‘lgan shaxs 2006-yilda tug‘ilgan bo‘lib, uning ham haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi aniqlangan.