Turkiyada maktab tashqarisida otishma sodir bo‘ldi: bir necha o‘quvchi jarohatlandi

Turkiyada maktab tashqarisida otishma sodir bo‘ldi: bir necha o‘quvchi jarohatlandi

Turkiyaning Manisa viloyatida maktab tashqarisida otishma sodir bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 4 nafar o‘quvchi jarohatlangan, gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha qidiruv ishlari boshlangan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Joriy yil 22-sentyabr kuni Turkiyaning Manisa viloyati Turgutlu tumanidagi maktab tashqarisida noma’lum shaxs o‘qotar quroldan o‘t ochgani oqibatida bir necha o‘quvchi jarohatlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu haqda Türkiye Today nashri xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hodisa Turgutlu tumanining Albayrak mahallasida, taxminan soat 08:00 da, xabarlarda Inci Uzmez kasb-hunar va texnik Anadolu litseyi deb ko‘rsatilgan ta’lim muassasasi tashqarisida sodir bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum gumonlanuvchi maktab tashqarisida odamlarga qarata tartibsiz ravishda o‘q uzgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Hujum oqibatida o‘quvchilar jarohatlangani haqida 112 tezkor yordam markaziga xabar berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shundan so‘ng voqea joyiga ko‘plab politsiya va tibbiyot xodimlari yuborilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Jarohatlanganlar tez yordam mashinalarida Turgutlu davlat shifoxonasiga olib ketilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Turkiyaning NTV telekanali hududdan olingan dastlabki ma’lumotlarga tayanib, to‘rt nafar o‘quvchi jarohatlanganini xabar qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ayni damda qidiruv ishlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Hodisa tafsilotlari hozircha to‘liq aniqlanmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, Filippindagi maktabda otishma oqibatida 3 nafar o‘quvchi halok bo‘lgani hamda yana 8 nafari jarohatlangani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠