Pedagoglar toifa olish uchun yuborgan murojaatlarini qabul qilinganligini qanday tekshirish mumkin?

Pedagoglar toifa olish uchun yuborgan murojaatlarini qabul qilinganligini qanday tekshirish mumkin?

Savol: Men ikkinchi toifa testlarida ishtirok etish uchun 2-avgust kuni murojaat yubordim. Oʻsha kuni toʻlov ham qildim. Toʻlov qabul qilinganligi toʻgʻrisida kvitansiyada “TOʻLANDI” degan yozuv chiqdi. Lekin, hozirgacha qabul yoki rad qilinganligi toʻgʻrsida SMS xabar kelmadi. Shaxsiy kabinetimga kirib, murojaat holatini tekshirib koʻrsam -JARAYONDA- degan yozuv turibdi? Shu toʻgʻrimi?, yoʻqmi bila olmayapman?

 

Javob: Yuborilgan barcha murojaatlar (shu jumladan, xatolari tahrirlanib qaytadan yuborilgan murojaatlar ham) toifa testlari boshlangunga qadar (25-30 kun ichida) koʻrib chiqiladi va oʻrganish natijalari toʻgʻrisida shaxsiy kabinetlarga xabarlar yuboriladi.

 

 

Talabgorlar vaqti-vaqti bilan Shaxsiy kabinetlariga kirib murojaat holati bilan tanishib turishlari yoki shaxsiy kabinetdan Soʻrovnomani yuklab olib, oʻz maʼlumotlarini tekshirib koʻrishlari mumkin.

 

 

Shaxsiy kabinetda murojaat holati haqida quyidagi yozuvlardan biri boʻladi:

 

 

Yangi – (yoki yaratilgan shu holatda Siz oʻzingiz aniqlagan noaniqliklarni oʻzgartirishingiz, maʼlumotlarni tahrirlashingiz mumkin);

 

Jarayonda – (Koʻrib chiqilmoqda ishchi guruh tomonidan oʻrganish boshlangan, bu holatda maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi);

 

Qabul qilingan – (Sizga attestatsiyada ishtirok etishga ruxsat berilgan);

 

Rad qilingan – (tahrirlashga qaytarilgan – bu holatda toʻgʻrilash mumkin boʻlgan kamchiliklarni toʻgʻrilab, tezda murojaatingizni qaytadan yuborishinga harakat qilib koʻring).

 

 

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻliq toʻlov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada koʻrinmaydi va oʻrganib chiqilmaydi.

 

 

Muhim eslatma: Murojaatlari qabul qilingan barcha pedagoglar ham Shaxsiy kabinetlaridan SOʻROVNOMAni yuklab olib, undagi maʼlumotlar (FISH, ish joyi, amaldagi toifasi, attestatsiya turi, attestatsiyadan oʻtayotgan fani (lavozimi)) toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini tekshirib koʻrishlari shart. Maʼlumotlarda noaniqlik aniqlangan taqdirda zudlik viloyatdagi ISHCHI GURUHlariga murojaat qilishlari kerak boʻladi.