Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha nizom qabul qilindi

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha nizom qabul qilindi

Hukumatning 2025-yil 22-avgust kuni 530-sonli ‘‘Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo’yicha davlat xizmatini ko’rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida’’ gi qarori qabul qilindi.

 

 

Unga ko’ra, quyidagi ma’muriy reglamentlarni o’z ichiga oladi:

 

 

– respublikada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun davlat standartlari, malaka standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o’tkazishni davlat xizmati asosida tashkil etish tartibi;

 

 

– ekspertlar tomonidan o’quv adabiyotlarini ekspertizadan o’tkazish tartibi;

 

 

– davlat xizmatidan foydalanganlik uchun to’lov undirish tartibi;

 

 

– o’quv adabiyotlarini ekspertizadan o’tkazish jarayonida ishtirok etuvchi mutaxassislarga shartnoma asosida haq to’lash tartibi;

 

 

– davlat xizmatlari ko’rsatishni rad etish asoslari.

 

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ma’muriy reglamentga muvofiq o’quv adabiyotlarini ekspertizadan o’tkazishni davlat xizmati asosida tashkil etishni muvofiqlashtirishi hamda o’n kun muddatda ushbu davlat xizmatini ko’rsatuvchi ishchi organni belgilashi ko’rsatilgan.

 

 

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab: 

 

 

– Ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarining YaIDXP orqali joriy etilishini ta’minlashi;

 

– YaIDXPda davlat xizmatlari  ko’rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko’rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etish;

 

– o’quv adabiyotlarini ekspertizadan o’tkazish bo’yicha davlat xizmati ko’rsatilgani uchun yig’im, davlat boji va barcha turdagi to’lovlarning Yagona billing tizimiga ulanishini ta’minlashi belgilangan.