Kasbiy sertifikat sinovlariga bepul tayyorlanish imkoniyati yaratildi

Kasbiy sertifikat sinovlariga bepul tayyorlanish imkoniyati yaratildi

Maktablarga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari joriy yilning 19-21-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

 

Mazkur sinovlarda ishtirokchilarga jami 50 ta savol beriladi:

 

Mutaxassislik fanidan -40 ta;

Pedagogik mahorat boʻyicha -10 ta;

 

Har bir toʻgʻri javob uchun 2 baldan beriladi. Kasbiy Sertifikat olish uchun 56 va undan yuqori ball toʻplash kerak boʻladi.

 

Kasbiy sertifikat sinovlariga quyidagi telegram bot orqali tayyorlanishingiz mumkin:

 

@uztditestbot

@uztdi_testbot

@uztditestt_bot

 

Test topshirishlar e‘lon qilingan spetsifikatsiya asosida malakali testologlar tomonidan tuzilgan bo‘lib, tez fursatda yangi testlar joylashtiriladi.