UBS universiteti «Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi» deb topildi

Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025 o’quv yili yakuni bo’yicha “Nodavlat ta’lim” ijtimoiy loyihasi tashabbusi bilan “Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi — 2025” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

 

To’liq jamoatchilik fikriga asoslangan ushbu tanlovda Namangan va Toshkent shaharlarida faoliyat olib borayotgan University of Business and Science 23 042 ta ovoz bilan g’olib bo’lib, faxrli 1-o’rinni egalladi.

 

TOP-10 reyting egalari:

 

1. University of business and science – 23042
2. Ipak yo’li innovatsiyalar universiteti – 20606
3. Osiyo Xalqaro Universiteti – 19905
4. Ma’mun universiteti – 6745
5. Kimyo xalqaro universiteti – 4310
6. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti – 3318
7. Turon zarmed universiteti – 2451
8. Urganch ranch texnologiya universiteti – 1908
9. Renessans ta’lim universiteti – 1689
10. Toshkent amaliy fanlar universiteti – 1342

 

Ushbu tanlovda g’olib OTMga “eng yaxshi nodavlat oliygoh” statuetkasi, maxsus sovg’a hamda 20 mln so’m miqdoridagi naqd pul mukofoti topshirildi. Ma’lumot uchun, o’tgan o’quv yili yakuni uchun o’tkazilgan “Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi — 2024” tanlovida ham UBS ( University of Business and Science ) 30 913 ta ovoz bilan g’olib bo’lib, faxrli 1-o’rinni egallagan edi.

 

University of Business and Science Namangan va Toshkent shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Universitetda 2025-2026-o‘quv yili uchun 49 ta bakalavriat yo‘nalishlari, 14 ta magistratura mutaxassisliklari va 5 ta doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha xalqaro standartlarga asoslangan sifatli ta’lim yo’nalishlariga qabul ochilgan.