Malaka toifalari bosqichma-bosqich beriladi yoxud toifalardan «sakrab« oʻtib boʻlmaydi

Malaka toifalari bosqichma-bosqich beriladi yoxud toifalardan «sakrab« oʻtib boʻlmaydi

Nizomning 44-bandi:Ikkita bosqich natijalariga koʻra:

g) mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

60 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilgan;

 

55 balldan 59 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan;

 

55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

 

P.S Malaka toifalarini oshirish yoki tushirish bosqichma-bosqich, yaʼni bir pogʻona koʻtarish yoki bir pogʻona tushirish orqali amalga oshiriladi (alohida yutuqlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladigan malaka toifalari bundan mustasno).