Endi 5 mlrd soʻm kredit olgan tadbirkorlar 5 nafar bitiruvchini ishli qiladi

Endi 5 mlrd soʻm kredit olgan tadbirkorlar 5 nafar bitiruvchini ishli qiladi

Hozirda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish bo’lib o‘tmoqda.

 

 

Umuman, yoshlar bandligini taʼminlash uchun banklarga 300 million dollar resurs ajratilgan.

 

Bitiruvchilarning koʻpchiligi katta kredit olib, qaytara olmasligidan xavotir olayotgani uchun imtiyozli kredit resursining bir qismini bitiruvchini ishga olgan korxonalarga ham berish taklifi maʼqullangan.

 

Endi ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab, tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha 18 foizli kredit beriladi.

 

Masalan, 1 milliard soʻmgacha kredit olganlar kamida 1 nafar, 5 milliard soʻm olganlar esa 5 nafar bitiruvchini ishli qiladi. Imtiyozli kredit olgan korxona bitiruvchini 2 yil ichida ishdan boʻshatsa, kredit foizi tijorat stavkasiga oʻzgaradi.

 

Ushbu yangi tizim nafaqat bu yilgi, balki oliygohni tugatganiga 3 yil boʻlmagan bitiruvchilar uchun ham amal qiladi.