Endi bitiruvchilarni ishga joylashda oʻzini-oʻzi band qilganligi inobatga olinmaydi

Endi bitiruvchilarni ishga joylashda oʻzini-oʻzi band qilganligi inobatga olinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish bo’lib o‘tmoqda.

 

 

Unga ko’ra, bundan buyon bitiruvchilarni ishga joylashda oʻzini oʻzi band qilganlik inobatga olinmasligi belgilandi.

 

 

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi. Oʻquv kursida eng yaxshi natija koʻrsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oshirish uchun Garvard universitetiga yuboriladi.

 

 

Koʻp masalalarda rektorlarga mustaqillik beriladi. Avvalo, barcha oliygohlar tashkiliy va akademik mustaqil boʻladi. Yaʼni, rektor oʻrinbosarlarini oʻzi tayinlaydi (amaldagi tartibga koʻra, vazirlik bilan kelishish kerak).

 

 

Bunda har bir nomzod oliygoh kengashida oʻzining yillik dasturini himoya qiladi. Rektorlar belgilangan moliyalashtirish va shtati doirasida professor-oʻqituvchilar va boshqaruv xodimlarini oʻzi taqsimlaydi.

 

 

Bundan tashqari, rektorlarga “super” kontrakt summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati beriladi.