Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

 

Yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi

 

1.  ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar.

2.  Chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar).

3.  Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari.

4.  Hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

 

Umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:

 

1.  Umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;

2.  Vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.