Bakalavr va magistratura bosqichini Slovakiyada oʻqishni istagan talabalar uchun €15,000 lik grant dasturi

Bakalavr va magistratura bosqichini Slovakiyada oʻqishni istagan talabalar uchun €15,000 lik grant dasturi

Slovakiya Respublikasi Ta’lim, Tadqiqot, Rivojlanish va Yoshlar Vazirligi iqtidorli xalqaro talabalar uchun bakalavriat yoki qo‘shma bakalavriat va magistratura bosqichlarini Slovakiyada o‘qish imkoniyatini taqdim etuvchi grant dasturini e’lon qildi.

 

 

Ushbu grant dasturining miqdori €15,000 bo‘lib, jami 150 nafar talabaga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

 

Dastur kimlar uchun?

 

Dasturga qatnashish uchun quyidagi shartlar mavjud:

 

 

O‘rta ma’lumotli talabalar (maktab yoki kollej bitiruvchilari);

 

 

Ingliz tilini bilish (sertifikat so‘ralmaydi, lekin tilni bilish dasturda muvaffaqiyatli qatnashish uchun ustunlik beradi);

 

 

Yosh chegarasi cheklangan emas;

 

 

Dasturda Slovakiyadan boshqa barcha davlat fuqarolar qatnashishi mumkin (Oʻzbekiston roʻyxat da bor);

 

 

Nomzodlar 2025-yilning kuzida boshlanadigan o‘quv dasturining birinchi yilida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak;

 

 

SAT testidan kamida 1100 ball olish talab qilinadi.

 

 

Muhim: Nomzod ilgari Slovakiyada o‘qigan bo‘lmasligi kerak, akademik almashinuvlar bundan mustasno.

 

Foydali Tomonlari

 

Dasturga qabul qilingan talabalar o‘qish to‘lovlaridan ozod etiladi;

 

 

Davlat tomonidan tibbiy sug‘urta taqdim etiladi;

 

 

Oyiga 500 yevro stipendiya (jami €15,000) taqdim etiladi.

 

Dastur shartlari

 

  • O‘quv yili: Slovakiyada o‘quv yili 1-sentyabrda boshlanadi va 31-avgustda tugaydi. Grantlar har yili o‘n oylik muddatga, sentyabrdan iyungacha beriladi;

 

  • Tibbiy sug‘urta: Sug‘urta haqida batafsil ma’lumot olish uchun havola orqali tanishish mumkin.

 

Hujjat Topshirish

 

Grant dasturiga ishtirok etish uchun talabalar quyidagi hujjatlarni topshirishlari kerak:

 

 

Shaxsiy ma’lumotlar;

 

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

 

SAT testi natijasi;

 

Kerakli ilovalar;

 

Solemn declaration (tantanali bayonot).

 

 

Solemn declaration (tantanali bayonot) — bu shaxsning hujjat mazmuni haqiqat va to‘g‘ri ekanligini tantanali ravishda e’lon qilishi. Bu qasamyodga teng huquqga ega va noto‘g‘ri ma’lumot kiritilgan taqdirda talabgor javobgarlikka tortilishi mumkinligini bildiradi.

 

Muhim

 

Grant dasturiga yutib chiqish oliya o‘quv yurtiga avtomatik qabul qilishni anglatmaydi. Talabalar o‘qish uchun alohida arizani tanlagan oliy ta’lim muassasasiga topshirishlari kerak;

 

 

Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 2025-yil 1-avgust, 03:59.

Ariza Topshirish

 

Nomzodlar ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:

 

 

Email: scholarships@portalvs.sk (texnik muammolar uchun), scholarships.talents@minedu.sk (boshqa barcha holatlar uchun).

 

 

Migratsiya masalalari yuzasidan Xalqaro Migratsiya Tashkilotiga murojaat qilish mumkin:

 

 

Email: mic@iom.int;

 

 

Tel: 0850 211 478 (Slovakiyadan), +421 2 5263 0023 (chet eldan).