Xabaringiz bor, 2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
24-iyul kunidagi holatga ko‘ra, magistratura bosqichiga umumiy 23 607 nafar talabgor ariza qoldirgan.
Gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
Ayollar – 17 310 nafar
Erkaklar – 6 297 nafar
