Magistratura va doktoranturaga kirish uchun chet tili sertifikati bekor boʻldimi?

Magistratura va doktoranturaga kirish uchun chet tili sertifikati bekor boʻldimi?

Prezidentning 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-son Farmoniga asosan “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura yoki doktoranturaga tanlovlarda chet tili sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi va ularning yoʻnalishlar boʻyicha darajalari belgilangan edi.

 

Ushbu yangilikni ayrim telegram kanallar va guruhlar magistratura va doktoranturaga kirish uchun chet tili sertifikati bekor boʻldi deb tushunib xabar tarqatishdi.

 

Aslida chet tili sertifikati talabi hali ham amalda yaʼni ushbu talab dastlab 2021-yilda PQ-5117-son qaror bilan joriy etilib, bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida С1 darajadagi sertifikat, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi sertifikat talab etilishi nazarda tutilgan edi.

 

Keyinchalik 2024-yil 24-may PF-81-son Prezident farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yoʻnalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi. Ushbu talab bugungi kunda bekor boʻlmagan. Yaʼni magistratura va doktoranturaga kirishda quyidagi darajadagi sertifikat talab qilinadi:

 

– xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

 

– gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

 

– boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.

 

Sertifikatlar darajalari ro’yxati