Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi test sinovlariga turli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan abituriyentlar va ularning yaqinlarining murojaatlariga javob berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, test kuni imtihon vaqtiga kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjati yoki abituriyent ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslar imtihon o‘tkaziladigan binoga kiritilmaydi.
Shuningdek, abituriyentga berilgan ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanadi. Ya’ni, imtihonni boshqa kunga ko‘chirish yoki boshqa vaqtda topshirishga ruxsat berilmaydi.
“Shu boisdan, abituriyentlardan test sinovlariga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan, ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmasdan kelishlari talab etiladi”, – deyiladi vazirlik munosabatida.
