Prezident iqtidorli farzandlari Milliy dasturiga qabul imtihoni savollarining spetsifikatsiyasi eʼlon qilindi

Prezident iqtidorli farzandlari Milliy dasturiga qabul imtihoni savollarining spetsifikatsiyasi eʼlon qilindi

Prezident iqtidorli farzandlari Milliy dasturiga matematika va ingliz tili fanlaridan qabul imtihoni savollarining spetsifikatsiyasi eʼlon qilindi.

 

 

Ushbu hujjatda imtihon savollari qanday manbalarga asoslanishi, savollar turlari va ularni baholash mezonlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.

 

 

Ma’lumot uchun, fanlar spetsifikatsiyasi — bu imtihon uchun belgilangan talablarga, o‘quv materiallariga, test strukturasiga va baholash mezonlariga asoslangan hujjatdir. U imtihonning mavzularini, topshiriqlarini, talab qilinadigan bilim va ko‘nikmalarni aniq belgilaydi.

 

 

Milliy dasturga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha nomzodlar va ularning ota-onalari ushbu spetsifikatsiya bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

 

 

Al-Beruniy nomidagi Xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonining 2-BOSQICHIda:

 

 

Fanlar: Matematika va Ingliz tili

 

Shakl: Yozma ish shaklida

 

 

Matematika fani bo‘yicha yozma ish topshiriqlari Singapurning ‘‘Marshall Cavendish Education’’ tashkiloti bilan hamkorlikda tuzilgan.

 

 

Yozma ish topshiriqlari avvaldan eʼlon qilingan matematika fanining spetsifikatsiyasida keltirilgan mavzularni qamrab olgan.

 

 

 Yozma ish 5 topshiriqdan iborat:

 

3 tasi — algebra faniga;

 

2 tasi — geometriya faniga tegishli mavzularni qamrab oladi.

 

 

Talabgor 60 daqiqada masalalarning yechimini asoslab, chizmalar bilan taqdim etishi lozim.

 

 

Eslatib o‘tamiz: arizalar 31-iyulgacha ariza.piima.uz va my.gov.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

 

 

Ingliz tilidan imtihoni savollar spetsifikatsiyasi

 

 

Matematikadan imtihoni savollar spetsifikatsiyasi