Joriy yilning 17-18-iyul kunlari «Jasorat maktablari»ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtadi.
Jarayonlar ertaga — 17-iyul kuni soat 8:00 da quyidagi manzillarda boshlanadi.
Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.
Bu muhim: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.
Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun tel: 1206
