Joriy yilda rossiyalik abituriyentlar orasida matematikaga qiziqish 20 ming kishidan oshgan

Joriy yilda rossiyalik abituriyentlar orasida matematikaga qiziqish 20 ming kishidan oshgan

 

Rossiyalik bitiruvchilar gumanitar sohalarga qaraganda tabiiy-ilmiy yo‘nalishlarni tobora ko‘proq tanlayotgani kuzatilmoqda. Bu haqda Rossiya taʼlim vaziri Sergey Kravsov maʼlum qildi.

 

 

Ta’lim vazirining ta’kidlashicha, joriy yilda abituriyentlarning fizikaga qiziqishi 10 foizga ortgan. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlariga kirayotganlar orasida matematika faniga qiziqish oshgan. Bu yil ushbu fan bo‘yicha imtihon topshirganlar soni 2024-yilga qaraganda 20 ming kishiga ko‘proq bo‘lgan.

 

“Avvallari ko‘pchilik humanitar yo‘nalishlarni tanlardi. Bugun esa, tabiiy-ilmiy va muhandislik taʼlimiga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini ko‘ryapmiz,” — dedi Kravsov.

 

Shuningdek, vazirning qo‘shimcha qilishicha, maktab o‘quvchilari orasida kollejlarda ishchi kasblar bo‘yicha o‘qishga bo‘lgan qiziqish ham kuchaymoqda.

 

 

Bundan avval vazir, ikki hafta ichida Rossiyadagi kollej va texnikumlarga barcha taʼlim shakllari bo‘yicha 450 mingga yaqin ariza topshirilganini bildirgan edi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga qaraganda deyarli 200 ming arizaga ko‘proqdir.

 

 

Taʼlim vaziri Sergey Kravsov bu vaziyatni “o‘rta maxsus taʼlim fenomeni” deb atagan.