Bakalavriatga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va test materiallaridan foydalanish bo‘yicha video-yo‘riqnoma

Bakalavriatga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va test materiallaridan foydalanish bo‘yicha video-yo‘riqnoma

Xabaringiz bor, 2025-2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Shu sababdan, Bilimni baholash agentligi test sinovlarini o‘tkazish tartibi va test materiallaridan foydalanish bo‘yicha video-yo‘riqnomalarni e’lon qildi.

 

 

Test imtihonlarini o‘tkazish uchun respublika bo‘yicha 65 ta bino tanlab olingan. Abituriyentning imtihonga borish geolokatsiyasi ‘‘Abituriyent ruxsatnoma’’ sida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

 

 

Qolgan ma’lumotlarni batafsil bilish uchun videoni ko’rishingiz mumkin:

 

 

 

Abituriyentlar imtihon kuni test materiallaridan foydalanishda quyidagilarga rioya qilish kerak:

 

 

– javob varaqasini o‘ziga tegishli ekanini va test topshirish kitobidagi fanlar majmuasini abituriyent ruxsatnomasi bilan bir xil ekanligini tekshirishi;

 

– test topshirish kitobini nuxsonsiz ekanligini ko‘rib chiqishi kerak;

 

– test topshirish kitobidagi majburiy fanlardan 10 tadan va mutaxassislik fanlaridan 30 tadan test topshirig’ining bo‘lishi;

 

– har bir test topshirig’ining har birida 4 tadan muqobil javoblarning mavjudligi;

 

– test topshirig’i kitobining sifatli chop etilgani tekshiriladi.

 

 

Agar javoblar varaqasi abituriyentniki bo’lmasa, fanlar nomi xato keltirilgan va test topshiriq kitobida nuqson bo’lsa bu haqida guruh nazoratchisiga xabar berish lozim.

 

 

Qolgan ma’lumotlarni batafsil bilish uchun videoni ko’rishingiz mumkin: