“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida taʼlim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-209-son, 01.07.2025-y.) qabul qilindi.
Universitet faoliyatida erishiladigan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
— dual taʼlim shaklini toʻliq joriy qilish orqali taʼlim jarayonlarining amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash;
— ilmiy salohiyatni eksport qilish doirasida 2028-yil yakunigacha Universitet brendini shakllantirib, xorijiy davlatlardan kamida 1 000 nafar talabani jalb qilish.
2025/2026 oʻquv yilidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oʻqitishning dual taʼlim shakli joriy etiladi.
Dual taʼlim dasturi kredit-modul tamoyili asosida quyidagilarda oʻtkaziladi:
— 1-kurs talabalari uchun – taʼlim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;
— 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – taʼlim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida.
Manba: Huquqiy axborot
