O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi.
«Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlanganlar orasida talaba-yoshlar va maktab o’quvchilari ham bor:
— Abdiganiyeva Nadira Abdinazar qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
— Ibroximova Rayyona Nodirbek qizi – Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Andijon viloyati
— Dehqonova Ruxshona Shuxrat qizi – Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi, Buxoro viloyati
— Xodiyeva Sitora Shoxabbos qizi – Qarshi davlat texnika universitetining tayanch doktoranti, Qashqadaryo viloyati
— Maksyutova Alina Xurshidovna – Navoiy shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Navoiy viloyati
— Salimova Maxbuba Xidirbay qizi – Samarqand davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Samarqand viloyati
— Quryozova Shohsanam Ozodboy qizi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi, Toshkent shahri
— Bo‘tayeva Gulasal Toshqul qizi – Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi
Shuningdek, bir guruh yoshlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
To‘liq ro‘yxat bu yerda:
