Sun’iy intellektdan foydalanish miya faoliyatini susaytiradi

Sun’iy intellektdan foydalanish miya faoliyatini susaytiradi

ChatGPT va boshqa sun’iy intellekt yordamchilarining ta’lim va ijodiy sohalarga kirib kelishi nafaqat imkoniyatlar, balki xavflarni ham yuzaga chiqarmoqda. MIT (Massachusets Texnologiya Instituti) olimlari olib borgan yangi tadqiqot, inson miyasi faoliyatining bu texnologiyalar bilan qanday o‘zgarayotganini chuqur o‘rganib chiqdi.

 

 

MIT neyrobiologlari tomonidan o‘tkazilgan to‘rt oy davom etgan tadqiqotda 54 nafar ishtirokchi uch guruhga bo‘lingan: biri ChatGPT kabi sun’iy intellekt yordamchilaridan foydalangan, ikkinchisi faqat qidiruv tizimlari bilan ishlagan, uchinchisi esa mustaqil, hech qanday tashqi vositalarsiz ijodiy ishlarni bajargan.

 

 

Ishtirokchilar insholar yozish, matnlar tahlili kabi ijodiy vazifalarni bajarishgan va ularning miya faoliyati elektroensefalografiya (EEG) orqali nazorat qilingan. To‘rtinchi bosqichda ba’zi ishtirokchilar boshqa ish rejimiga o‘tkazilib, turli usullar orasidagi farqlar ham o‘rganilgan.

 

 

Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki:

 

 

Eng faol miya faolligi mustaqil ishlagan guruhda kuzatilgan. Ularning neyron tarmoqlari kuchli va keng tarqalgan bo‘lgan.

 

Qidiruv tizimi foydalanuvchilari o‘rtacha darajadagi aqliy faoliyatni namoyon etishgan.

 

Sun’iy intellekt yordamchilari bilan ishlagan guruh esa eng past miya faolligi va sust aqliy ishtirokni namoyon etgan.

 

 

Ayniqsa “kognitiv qarz” deb atalgan holat olimlarni jiddiy o‘ylantirib qo’ygan. Bu holatda ilgari SI yordamidan foydalangan ishtirokchilar mustaqil ishlashga o‘tgach, miya faoliyatining pasayishi kuzatilgan— ya’ni miyalari mustaqil fikrlash qobiliyatini yo‘qota boshlagan.

 

 

Leksik tahlillar SI yordamida yozilgan insholar bir-biriga o‘xshash bo‘lib, strukturasi, dalillash uslubi va iboralarining takrorlanishini ko‘rsatgan. O‘qituvchilar bunday matnlarni osongina ajratib olishgan.

 

Bundan tashqari:

 

Talabalar o‘z matnlariga egalik hisini kam sezgan.

 

O‘z ishlarini eslab qolishga qiynalishgan.

 

Insho yozishga kam vaqt ajratib, natijalarga kamroq e’tibor berganlar.

 

 

Sun’iy intellekt tomonidan taqdim etilayotgan qulayliklar shubhasiz yaxshi, ammo bu texnologiyalar insonda tanqidiy fikrlash, kognitiv rivojlanish va intellektual mustaqillikni susaytirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Uzoq muddatli ta’sirlar hali to‘liq o‘rganilmagan, ammo dastlabki natijalar sun’iy intellektdan ortiqcha foydalanish inson miyasi uchun salbiy oqibatlar tug‘dirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

 

 

Bu esa shuni anglatadiki: fikrlash mas’uliyatini sun’iy intellektga topshirish – bu oddiy qulaylik emas, balki salomatlik va aqliy mustaqillik uchun real tahdid bo‘ladi.