AQSH talaba vizasini berishni tiklaydi, biroq talabgorlarning ijtimoiy tarmoqlari tekshiriladi

AQSH talaba vizasini berishni tiklaydi, biroq talabgorlarning ijtimoiy tarmoqlari tekshiriladi

AQSh hukumati F, M va J toifadagi talaba vizalari uchun arizalarni qabul qilishni qayta tikladi. Biroq yangi tartibga ko‘ra, barcha ariza topshiruvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi chuqur tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bu haqda The Washington Post va CNN nashrlari xabar berdi.

 

 

Unga ko‘ra, davlat departamentining elchixonalar va konsulliklarga yuborgan telegrammasida barcha abituriyentlarning internetdagi akkauntlari Qo‘shma Shtatlarga nisbatan dushmanona munosabatda bo‘lish ehtimoli nuqtai nazaridan tekshirilishi belgilangan.

 

 

Ma’lumot uchun, 2024 yil may oyi oxirida Tramp ma’muriyati tomonidan elchixonalarga talabalar vizalari bo‘yicha yangi suhbatlar tayinlashni keyingi farmoyishgacha to‘xtatish buyrug‘i berilgan edi. Bu chora AQShda Falastin tarafdori bo‘lgan namoyishlarda qatnashgan xorijlik talabalarga nisbatan viza bekor qilish va Garvard universitetiga xorijlik talabalarni qabul qilmaslik tashabbuslari ortidan joriy etilgan edi.

 

AQSH talaba vizasini berishni tiklaydi, biroq talabgorlarning ijtimoiy tarmoqlari tekshiriladi

 

Yangi tartib barcha chet ellik fuqarolarga – F (akademik), M (kasb-hunar) va J (ta’lim va madaniy almashinuv) vizalari uchun murojaat qilayotganlarga nisbatan qo‘llanadi. Bu talab talaba qaysi muassasaga topshirayotganidan qat’i nazar, barcha arizachilarga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

 

 

The Washington Post nashrining yozishicha, Davlat departamentining telegrammasi talaba vizasi arizachilarining “onlayn mavjudligi”ni chuqur tekshirishni talab qiladi va yangi qoidalar 5 ish kuni ichida kuchga kiradi.

 

 

CNN`ning xabariga ko‘ra, ariza beruvchilardan ijtimoiy tarmoqlardagi profillarini ochiq (public) holatda taqdim etish so‘raladi. Bunday ma’lumotlar yashirilgan holatda bo‘lsa, bu holat “muayyan faoliyatni yashirish yoki undan qochishga urinish” sifatida baholanishi mumkin.

 

Ariza beruvchilardan yangi tekshiruv doirasida ijtimoiy tarmoqlardagi profillarini ochiq (public account) qilib qo‘yish so‘raladi va “buning cheklanganligi ma’lum bir faoliyatdan qochish yoki yashirishga urinish sifatida talqin qilinishi mumkin”, — deb yozgan CNN.

 

Telegrammada aytilishicha, elchixona va konsullik xodimlari ijtimoiy tarmoqlardagi profillarni o‘rganish jarayonida AQSh fuqarolari, madaniyati, hukumati, institutlari yoki konstitutsion tamoyillariga dushmanlik bildirgan, xorijiy terrorchilik guruhlarini yoki AQSh milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlarni qo‘llab-quvvatlagan, Shuningdek, noqonuniy antisemit zo‘ravonlikka aralashgan arizachilarni aniqlashga alohida e’tibor qaratiladi.

 

AQSH talaba vizasini berishni tiklaydi, biroq talabgorlarning ijtimoiy tarmoqlari tekshiriladi

 

Shuningdek, CNN qayd etishicha, yangi tekshiruv doirasi nafaqat ijtimoiy tarmoqlardagi, balki arizachining internetdagi barcha faoliyatini — ochiq manbalar, qidiruv tizimlari va konsullik bo‘limi kirish huquqiga ega bo‘lgan ma’lumotlar bazalari orqali tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.

 

Davlat departamenti bayonotida aytilishicha: “Davlat kotibi Marko Rubio departamentni XXI asr talablariga moslashtirish barobarida, Amerika va uning universitetlarini xavfsizroq qilishga xizmat qilmoqda.”

 

Xalqaro ta’lim instituti (IIE) hisobotiga ko‘ra, 2023–2024 o‘quv yilida AQSh oliy o‘quv yurtlarida 1,1 milliondan ortiq xorijiy talaba tahsil olgan. Ular orasida O‘zbekistonlik talabalar soni 1 219 nafarni tashkil etgan.