6-iyun kunidagi chet tili bo‘yicha gapirish imtihonlari boshqa kunga ko‘chirildi

6-iyun kunidagi chet tili bo‘yicha gapirish imtihonlari boshqa kunga ko‘chirildi

2025-yil 6-iyun Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilindi.

 

Shu munosabat bilan 6-iyun kunidagi chet tili bo‘yicha gapirish imtihonlari quyidagi sanalarga ko‘chirildi:

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – faqat 13-iyun kuniga;

Namangan viloyati – 9-12-iyun kunlariga;

Farg‘ona viloyati– 9-12-iyun kunlariga;

Buxoro viloyati– 9-12-iyun kunlariga;

Xorazm viloyati– 9-12-iyun kunlariga;

Surxondaryo viloyati– faqat 13-iyun kuniga;

Qashqadaryo viloyati– faqat 10-iyun kuniga;

Samarqand viloyati– 9-12-iyun kunlariga;

Toshkent shahri – faqat 10-iyun kuniga;

 

Talabgorlar gapirish imtihonini topshirishi uchun belgilangan kunlardan birida ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqt va manzilga kelishi lozim!

 

Bu faqat 6-iyun kuniga tegishli bo’lib, boshqa kunlari imtihon topshiruvchilarda hech qanday o’zgarishlar mavjud emas.