34 yilda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 2 610 taga koʻpaygan — statistika

34 yilda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 2 610 taga koʻpaygan — statistika

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-2025- o‘quv yili boshiga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etgan.

 

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 1990/1991- o‘quv yili boshiga nisbatan 2 610 taga oshgan.

 

Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni:

 

1990/1991- o‘quv yili boshiga – 8 333 ta

2000/2001- o‘quv yili boshiga – 9 726 ta

2010/2011- o‘quv yili boshiga – 9 806 ta

2020/2021- o‘quv yili boshiga – 10 181 ta

2021/2022- o‘quv yili boshiga – 10 289 ta

2023/2024- o‘quv yili boshiga – 10 750 ta

2024/2025- o‘quv yili boshiga – 10 943 ta