Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yilida 11-sinfni 455,2 ming nafar oʻquvchilar bitiradi

Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yilida 11-sinfni 455,2 ming nafar oʻquvchilar bitiradi

Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilda barcha mulkchilik shakli boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini 11-sinfini bitirishi kutilayotgan oʻquvchilarning umumiy soni 455,2 ming nafarni tashkil etadi.

 

 

Shundan 243,1 ming nafari – qiz bolalar.

 

 

Jami 11-sinf bitiruvchilari koʻrsatkichi 2023/2024 oʻquv yilga nisbatan solishtirilganda 49,2 ming nafarga yoki 12,1 % ga oshgan.

 

 

Hududlar boʻyicha 2025-yilda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini 11-sinfini bitirishi kutilayotgan oʻquvchilar soni quyidagicha:

 

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 25 987 nafar;

 

Andijon – 39 598 nafar;

 

Buxoro – 23 619 nafar;

 

Jizzax – 18 367 nafar;

 

Qashqadaryo – 44 670 nafar;

 

Navoiy – 13 427 nafar;

 

Namangan – 37 476 nafar;

 

Samarqand – 51 875 nafar;

 

Surxondaryo – 35 997 nafar;

 

Sirdaryo – 11 105 nafar;

 

Toshkent – 35 764 nafar;

 

Fargʻona – 47 068 nafar;

 

Xorazm – 29 074 nafar;

 

Toshkent sh. – 41 132 nafar.