Navoiyda bolalarni kaltaklab, tepgan bogʻcha tarbiyachisi 3 yilga qamaldi

Navoiyda bolalarni kaltaklab, tepgan bogʻcha tarbiyachisi 3 yilga qamaldi

Navoiy shahridagi xususiy bogʻchalarning birida 1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni kaltaklab kelgan tarbiyachiga nisbatan 3 yil qamoq jazosi tayinlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Sud hujjatlari bilan tanishgan Daryo.uzning yozishicha, 2003-yilda tugʻilgan N.E.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ 2025-yil dekabrdan 2026-yil aprelgacha xususiy bogʻchada 1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar guruhida tarbiyachi boʻlib ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ U guruhdagi besh nafar bolani urib, ularga zoʻrlik ishlatib kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Oqibatda bolalarga sogʻliqning buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohatlari yetkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

7-aprel kuni yordamchi tarbiyachi boʻlgan xodim holatni videoga olib, holatni oshkor qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Uning soʻzlariga koʻra, mashgʻulot paytida ikki bola urishib qolgan va bundan jahli chiqqan N.E.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ ularning yuziga urib, yerga uloqtirgan va tepgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Yordamchi barcha holatlarni videoga olishga ulgurmaganini, bolalar uxlamaganida ham tarbiyachi asabiylashib ularni urishini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Keyinchalik bu videolar ota-onalardan biriga yetib borgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Sudda kaltaklangan bolaning onasi farzandining xulqidagi oʻzgarishlarni videolar tarqalishidan ancha oldin sezganini, biroq bunga jiddiy eʼtibor bermaganini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

«Oxirgi ikki oyda farzandim bogʻchaga borishni xohlamay, injiqlik qilardi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Buni odatiy xarxasha deb oʻylaganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bir kuni oyogʻida koʻkarish paydo boʻldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Nima boʻlganini soʻraganimda, hali toʻliq gapira olmasa ham, «urdi», dedi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Videolar tarqalgach, tarbiyachining suratini koʻrsatganimda uni koʻrsatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shunda nega bogʻchaga borishni xohlamay, yigʻlaganini tushundim», — degan bolaning onasi sudda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Boshqa ota-onalar ham farzandlarining tanasida koʻkarish va shilingan joylarni koʻrganini, ayrimlari esa bolasining ruhiy holatida oʻzgarishlar kuzatilganini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Onasining aytishicha, bolasi tinmay yigʻlaydigan, keyinchalik bola boshqa bolalarga qoʻshila olmay, baland ovoz eshitganda quloqlarini yopib, qoʻrqadigan boʻlib qolgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ayol hozir u bilan psixolog va logoped muntazam shugʻullanayotganini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ota-onalar bolalardagi jarohatlar haqida soʻraganida, tarbiyachi buni ularning yiqilgani yoki oʻzaro urishgani bilan izohlab kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Sudlanuvchi N.E.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ sudda aybiga qisman iqror boʻlgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ U bolalarni urganini tan olgan, ammo bunday holat muntazam boʻlmaganini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

«Guruhdagi bolalardan biri doim shovqin qilib, boshqa bolalarni tishlardi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu haqda onasiga aytganimda, u «Agar aytganingizni qilmasa, oyoqchasidan uring», degandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Oʻsha kuni ayrim bolalarni urib, tepganman, qulogʻidan tortganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Oilaviy kelishmovchiliklar sabab asabiy edim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Biroq bolalarni muntazam urib kelmaganman», — degan sudlanuvchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Holat yuzasidan tayinlangan psixologik tekshiruv xulosasida bolalarda tarbiyachi bilan bogʻliq oʻta ogʻir travmatik holat, qoʻrquv va jismoniy zoʻravonlik alomatlari borligi tasdiqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Mutaxassis tarbiyachining surati koʻrsatilganda bolalar choʻchib, ota-onasiga intilganini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Sud jabrlanuvchilar va guvohlarning koʻrsatmalari, videotasvirlar, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari hamda psixologik tekshiruv natijalarini N.E.ning aybini tasdiqlovchi dalillar sifatida baholagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudi N.E.ni Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari (qiynash) bilan aybli deb topib, unga 3 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, u 2 yil muddatga maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyachi vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠