Qonunchilikka koʻra, bir qancha pedagogika yoʻnalishlarida 3-4-bosqichda tahsil olayotgan talabalarga taʼlim muassasalarida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq, oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalar 3-kursdan boshlab oʻqishiga xalaqit bermagan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin.
Amaldagi qonunchilik hujjatlarida pedagogika yoʻnalishlarining aniq roʻyxati belgilanmagan. Shu sababli, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 29-iyundagi koʻrsatmasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi pedagogika yoʻnalishlari ro’yxati keltirilgan.
Unga koʻra, quyidagi taʼlim yoʻnalishlardagi oʻqiyotgan 3-4-kurs talabalari taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin:


