Quyidagi abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozga ega:
– Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;
– xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari boʻlgan bitiruvchilar;
– Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
– “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari;
– “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi gʻoliblari;
– tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari;
– Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari;
– “Nihol” mukofoti sovrindorlari;
– Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yoʻnalishlariga);
– toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar;
– Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtab, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar;
– harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga ega boʻlganlar;
– ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari.
Shuningdek:
– Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun oʻqish davrini aʼlo baholarga oʻqigan bitiruvchilari;
– mutaxassisligi boʻyicha 5-yil ish stajiga ega xotin-qizlar;
– ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
– ichki ishlar organlarida 3-yildan ortiq ish stajiga ega profilaktika (katta) inspektorlari;
– iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5-yil ish stajiga ega fuqarolar;
– Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari.
