Oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura 2025-yil dekabr oyiga qadar joriy etilishi belgilandi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususan, Universitetlarda 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishdan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan tizimdagi oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Magistraturada masofadan o‘qitish va davlat tomonidan diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalarni bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqiladi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠