Schwarzman Scholars dasturi orqali magistraturani Xitoyda 100 foizlik grant bilan oʻqish mumkin

Schwarzman Scholars dasturi orqali  magistraturani Xitoyda 100 foizlik grant bilan oʻqish mumkin

Schwarzman Scholars dasturi nomzodlarga Xitoy Xalq Respublikasi Beijing shahrining Tsinghua University oliy taʼlim dargohida bir yillik magistratura kurslarida oʻqish imkoniyatini beradi. Tsinghuauniversiteti 2025-yil QS reytingiga kо’ra, dunyоning nufuzli оliygоhlari qatоrida 20-o’rinni egallab turibdi.

 

 

Dasturda global miqyosda 18 yoshdan 28 yoshgacha boʻlgan hamda bakalavr darajasiga ega yoshlar qatnashishlari mumkin.

 

 

Ushbu dastur aynan bir soha uchun moʻljallanmagan boʻlib, istalgan soha vakillari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha ariza topshirishlari va dasturda ishtirok etishlari mumkin.

 

 

Bundan tashqari dastur ishtirokchilari quyidagi 3 ta fan boʻyicha oʻqish imkоniga ega bо’ladilar:

 

–  Leadership (Yetakchilik)

–  Global Affairs (Xalqaro munosabatlar)

–  China (Xitoy)

 

 

Dasturda qatnashish toʻliq moliyalashtirilgan boʻlib, bunda nomzodlarning oʻqish toʻlovlari, oʻquv jihozlari, viza va sugʻurta xarajatlari, borish kelish hamda yashash toʻlovlari toʻliq qoplanadi.

 

 

Maqbullik shartlari qanday?

 

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

 

–  ishtirokchi bakalavr darajasiga ega boʻlishi yoki dastur boshlangunga (2026-yil, 1-avgust) qadar bakalavr darajasini muvaffaqiyatli tugatishi lozim;

–  dasturda ishtirok etish uchun aniq GPA (oʻrtacha baho) belgilanmagan. Ammo nomzodning akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlishi kerak;

–  dunyo boʻylab jinsi, irqi va millatidan qatʼi nazar 18 yoshdan yuqori 28 yoshdan kichik boʻlgan barcha yoshlar dasturda qatnasha oladi;

–  dastur ingliz tilida boʻladi va nomzodlardan til bilish sertifikati (TOEFL min. 600, TOEFL IBT min. 100, IELTS min. 7) talab qilinadi.

 

 

Eslatma: kamida ikki yil davomida asosiy taʼlim tili ingliz tilida boʻlgan bakalavriat yoki magistratura taʼlim muassasasida tahsil olganlar uchun til sertifikati tорshirish talab etilmaydi.

 

Ushbu ta’lim grantining qanday foydali tomonlari bor?

 

–  Oʻqish toʻlovlari toʻliq qoplanadi;

–  Xitoyga borish-kelish xarajatlari toʻlab beriladi;

–  yashash xarajatlari, turarjoy va oziq-ovqat uchun stipendiya ajratiladi;

–  dastur doirasidagi loyihalar va ilmiy ishlar moliyaviy qoʻllab quvvatlanadi;

–  har bir talaba Lenevo noutbugi hamda kerakli oʻquv jihozlari va qoʻllanmalari bilan taʼminlanadi;

–  sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi.

 

Hujjat topshirish

 

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari va soʻralgan savollarga javob berib boʻlgandan soʻng, quyidagi hujjatlarni saytga elektron tarzda yuklashlari soʻraladi:

 

– rezyume (max. 2 bet);

– nomzodning yetakchilik qobiliyati (Leadership essay – 750 sо’z) va ushbu dasturga topshirishdan koʻzlangan maqsad (Statement of Purpose essay – 500 sо’z) haqida 2 ta motivatsion insho;

– baholar tarjimasi (Transcript);

– nomzodning akademik koʻrsatkichlari hamda yetakchilik qobiliyati haqida jami 3 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar tavsiya qiluvchining oʻzi tomonidan joʻnatilishi kerak. Bunda qatnashchi arizaga tavsiya qiluvchining kontakt maʼlumotlarini kirgizishi lozim;

– video tanishtiruv. Bunda nomzodlar oʻzlari va qiziqishlari haqida qisqacha bir minutlik video joylashlari lozim.

 

 

Muhim! Ariza topshirishning soʻnggi muddati: 2025-yil, 10-sentyabr. Dastur bo’yicha to’liq ma’lumotni quyidagi havola orqali topish mumkin:

 

Schwarzman Scholars