Uchta tibbiyot oliygohi birlashtirildi, bitiruvchilarga qanday diplom beriladi?

Uchta tibbiyot oliygohi birlashtirildi, bitiruvchilarga qanday diplom beriladi?

Kecha xabar berganimizdek, “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 22.04.2025-y.) qabul qilindi.

 

Unga koʻra, yangi tashkil etiladigan Toshkent davlat tibbiyot universiteti tibbiyot sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

 

2025/2026 oʻquv yilidan magistraturada bosqichma-bosqich xorijiy tillarda oʻqitiladigan alohida guruhlar tashkil etadi.

 

Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari Universitet talabalari uchun klinik amaliyot bazalari etib belgilanadi.

 

Universitetga talabalarni oʻqishga qabul qilish 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi.

 

2025/2026 oʻquv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

 

Universitet tuzilmasida homiylik xayriyalari hisobidan toʻldiriladigan Toshkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.